loyiha Haqida

Loyiha

#TOP10Uzbekistan

Top-10 O’zbekiston to’y marosimi. Barchasi qanday o’tgani haqida

Ushbu tadbir g'oyasi may oyida paydo bo'ldi va 13 sentyabr kuni amalga oshirildi! O'zbekistonda birinchi marta bir vaqtning o'zida o'n juftliklar uchun katta to'y marosimi bo'lib o'tdi. Loyihaning tashabbuskorlari – “Top-10 O'zbekiston” jamoasi. Bu O’zbekistonning yetakchi, taniqli va iste’dodli boshlovchilari – Azamat Aliev, Artur Beglaryan, Arsen Dlyanchev, Dmitriy Filippov, Nigora Karimbaeva, Nilufar Sotiboldieva, Oyhon Iforzoda, Farhad Alimov, Sherzod Ikramov va Shoh Alimovich.

Jamoasi birlashdi va shu yil may oyida qo'shma faoliyatini boshladi. O'tgan to'y marosimi – bu loyiha doirasida birinchi keng ko'lamli tadbirdir.

Tadbirning asosiy qahramonlari, 10-ta juftliklar tanlovdan o’tishdi. To'y marosimida ishtirok etish xohlovchilar o’z hikoyalarini va rasmlarini tashkilotchilarga yuborishdi va suhbatdan o’tishdi. Yorqin, quvnoq, xalqaro va chiroyli kelin-kuyovlar yig’ildi!

Sevishganlar orasida birinchi marotaba to'y nishonlagan bo’r edi va turmush nikoh yilligini nishonlaganlar ham.

Va qanday qilib bayram o'tgani haqida!

Restoranda mehmonlarni “Yosh iste’dodlar” simfonik orkestri kutib. Tadbir kelin-kuyovlarni tantanali kirishlari bilan ochildi. Kecha davomida DJ Piligrim, Munisa Rizaeva, DJ Ochil, Katryn Sky, DJ Petishka, Saida, Fano, Di Live, Sharqoniy, Marokand va Bayxan gurhlari, chiroyli raqs namoyishlari bilan Tumor jamoasi, Double Touch jamoasi bilan xoreograf Sergey Zlotnikov fleshmobi, shuningdek, fokuslar ustasi Dmitriy Polyakov asosiy qahramonlarni va ularning mehmonlarini bahramand qilishdi.

Bu qadar boy dasturga kelinlarning guldasta otishi va tort kesishi tantanali marosimlari ham qo’shildi. Bu ajoyib qism edi – go'zal kelinlar bir vaqtning o'zida “Goodveen” Gullar uyi taqdim etgan o'n go'zal guldastani birgalikda turmush qurmagan qizlarga tashlashdi. Va Nargiza Abdullayeva tayyorlagan tortni boshlovchilardan go'zal istaklar hamrohida birgalikda kesishi barcha ishtirokchilar uchun uzoq vaqt davomida esida qo'ladi!

Tadbirimizga ko’plab bezovchi hamkorlar qo’shildilar. Ular prezidiumlar, stol va fotozonalarni yasab berishdi. Bu Tatyana Orehova, rano Salihova, Ekaterina Uskova, Ekaterina Ilyinih, Sirojiddin Babanov, Line Rose jamoasi va Hasan Decor.

Gold Vision Group va Unique Present Production House tomonidan video olindi va professional rasmlarni fotosuratchilar Arlan Bayhodjaev, Gennadiy Nesterenko va Veronika Yatsyna olishdi.

Texnik uskunalar Tarovat Media, “Yastreb”, Anatoliy Tarasenko va Ahad Mix jamoalar tomonidan taqdim etildi.

I.C. Lab, Coffee Jum, Viva Maria Chocolaterie kompaniyalari ham tadbirni qo'llab-quvvatlashdi va kelin-kuyovlarga ajoyib sovg’alar taqdim etishdi.

Bek Team kompaniyasi tomonidan xavfsizlik taqdim etildi.

Tadbirning tashkilito Art Show va Unique Present Media Holding kompaniyalar tarafidan ko’rsatildi .

Axborot qo'llab-quvvatlash: Afisha.uz, Myday.uz, Repost.uz, Nuz.uz, Wedding.uz, LQ jurnali.

Pastga tushuring
Tepaga qaytish

Yuborildi

Xatingiz yuborildi, javobni kuting